35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

⚖️ HOKIMNING PROKUROR PROTEST BILDIRGAN QARORLARI QAYTA KO‘RIB CHIQILADI

📌 Hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Prezident va Hukumat hujjatlariga zid bo‘lgan, prokuror tomonidan protest bildirilgan qarorlari majburiy tartibda qayta ko‘rib chiqiladi.
🏛 Ushbu qarorlar:
🔹 hokimning o‘zi;
🔹 yuqori turuvchi hokim;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan,
zaruratga qarab esa 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
📖 Manba: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 29-modda.