35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 22-SONLI UMUMTA'LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
2-BAND IJROSI: TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA O‘RGANISH
янв.21
DEPUTAT QABULIDA: FUQARONING TADBIRKORLIK TASHABBUSI QO‘LLAB-QUVVATLANDI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT
янв.21
🅱️ugun Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi Reglament va odob-axloq masalalari bo'yicha doimiy komissiya hamda uning a'zolarining deputatlik faoliyati bilan tanishing!
янв.21
HURMATLI FUQAROLAR !
янв.21
Saylov okruglarida 24 та масала бўйича 58 ta manzilli o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
HAFTALIK ISH REJASI ASOSIDA DEPUTATLIK NAZORATI TADBIRLARI DAVOM ETTIRILADI
DEPUTATLARNING NAZORAT-TAHLIL FAOLIYATI QANDAY?

Nazorat-tahlil faoliyati – bu xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va hududiy dasturlar, Kengash qarorlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir.

✅Mazkur faoliyatning asosiy maqsadi hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning sabablarini tahlil qilish, mas'ul tashkilotlar faoliyatiga baho berish hamda qonunchilik hujjatlarining amalda to‘liq va sifatli ijro etilishini ta'minlashdan iborat.

Nazorat-tahlil faoliyatining asosiy shakllari:

✅ Eshituvlar – davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining hisobot va axborotlarini doimiy komissiyalar hamda Kengash sessiyalarida eshitish.

✅ Deputat so‘rovi – deputat tomonidan aniqlangan muammo yuzasidan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarga rasmiy so‘rov yuborish hamda belgilangan muddatda javob olish.

✅ Kengash so‘rovi – Kengash qarori asosida davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladigan rasmiy so‘rov bo‘lib, muhim masalalar yuzasidan axborot va tushuntirishlarni olishga xizmat qiladi.

✅ Kengash tekshiruvi – qonunlar, hududiy dasturlar va Kengash qarorlarining ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish.

✅ Nazorat-tahlil tadbirlari – hududdagi dolzarb masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarni tahlil qilish, mas'ul tashkilotlar faoliyatini baholash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Samarali nazorat-tahlil faoliyati hududlarni kompleks rivojlantirish, fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta'minlash hamda deputatlik nazoratining ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.