35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, isitish tizimlarining shayligi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📍 Shu maqsadda deputat D.Tuychiyeva tomonidan Chimboy mahallasida joylashgan 91-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining mavsumga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabdagi isitish tizimlarining texnik holati, mavjud jihozlarning sozligi, qish mavsumida ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
🏫 Zero, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, avvalo, maktablarda o‘quvchilar va pedagoglar uchun issiq, xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq.

Slide 1 of 2