35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 116-SONLI UMUMTA'LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISH: 10-SONLI OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 31-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
24-BAND IJROSI: TASHQI REKLAMA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
2-BAND IJROSI: TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT: HAMKORLIK AMALIYOTDA
янв.21
TADBIRKORLIK RIVOJI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
TADBIRKORLIK RIVOJI: IJRO HOLATI O‘RGANILADI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT
янв.21
Bir muddat avval davlatimiz rahbari raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, tuman hokimlari hamda boshqa mutasaddilarga qator muhim topshiriqlar berilgan edi.
Obod mahallasida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasidagi loyiha o‘rganildi.

📌 Obod mahallasida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasidagi loyiha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Raximov hamda tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan Obod mahallasida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha o‘rganildi.
Mazkur loyiha doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va jismoniy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Yoshlar ijod ko‘chasi”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Loyiha doirasida hududda workout maydonchasi, kutubxona hamda yoshlar uchun boshqa zarur infratuzilmalarni tashkil etish rejalashtirilgan.
🔎 O‘rganish davomida deputatlar tomonidan loyiha amalga oshiriladigan hudud ko‘zdan kechirilib, unda nazarda tutilgan ishlar, mavjud sharoitlar hamda loyihani samarali amalga oshirish masalalari bilan tanishildi.
Shuningdek, loyiha tashabbuskori — Obod mahallasi yoshlar yetakchisi hamda hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ishtirokida loyihaning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.
📌 Mazkur o‘rganish “Tashabbusli budjet” loyihalarining ijrosi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash, yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda aholining tashabbuslarini amaliy loyihalarga aylantirishga qaratilgan.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 5