Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev Yangi Ovul mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida yoshlar uchun tashkil etilayotgan tadbirlarning samaradorligi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida erishilgan natijalar atroflicha o‘rganildi.
Yoshlarning muammolarini tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash — mahalla va deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Yoshlar — kelajagimiz! Ularning har bir tashabbusi va imkoniyati e’tiborda.