35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: 34-MAKTABDAGI HOLAT O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi navbatdagi sessiyasi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimlarining shayligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📍 Shu maqsadda Kengash kotibiyati mudiri tomonidan Gumbaz mahallasida joylashgan 34-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, mavjud issiqlik qurilmalari, bino va sinfxonalarning mavsumga tayyorgarligi, shuningdek, qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 3