Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi 20-Ulanqul saylov okrugida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
O'rganish jarayonida U.Toshboyev 20-Ulanqul saylov okrugi hududidagi ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda tibbiyot birlashmalarining kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik holati, shuningdek, hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash yo'nalishidagi chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.