UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi G'.Murodxo'jayev tomonidan Uyg‘ursoy hududidagi ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida uy-joylar va ularga tutash hududlardagi mavjud kamchiliklar aniqlanib, har bir masala bo‘yicha mas’ullar belgilandi hamda ularni bartaraf etish muddatlari belgilab olindi.
Mahalla faollari, mas’ul tashkilotlar va hududdagi harbiy qism rahbariyati ishtirokida aholining qish mavsumini osoyishta, xavfsiz va munosib sharoitda o‘tkazishini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.