35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI 🚧 Mang‘itobod mahallasida ichki yo‘llar va obodonlashtirish texnikalari holati o‘rganildi
янв.21
SAMARQANDDA MARKAZIY OSIYO – XITOY HAMKORLIGI: SIYOSIY PARTIYALARNING O‘RNI VA YANGI ISTIQBOLLAR
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman  Kengashi kotibiyatida ish kuni kunlik vazifalarni rejalashtirishdan boshlanadi.
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangisanoat MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat nazoratida
янв.21
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Murojaat ijrosi nazoratda
янв.21
Qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Inklyuziv muhit – e’tibor markazida
📌 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMAN KENGASHI

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari va Kengash huzuridagi ekspert guruhi tomonidan hafta davomida quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ishlar va o‘rganishlar olib boriladi:

🔹 7-SENTABR | DUSHANBA
📍 Dasturlar ijrosi — deputat nazoratida!
Tuman bo‘yicha Davlat dasturida belgilangan 59 km uzunlikdagi zovur qazish ishlarining bugungi kunga qadar 33,5 km yoki 56,8 foizi qazib tozalangan. Qolgan qismini oktyabr oyi oxirigacha to‘liq yakunlash rejalashtirilgan.
👤 Mas’ul: bosh mutaxassis P. Raxmonov.

🔹 8-SENTABR | SESHANBA
📍 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati S. Allayorov tomonidan mahalladagi hokim yordamchisining ish faoliyati samaradorligi o‘rganiladi.
👤 Mas’ul: bosh mutaxassis A. Komilov.

🔹 9-SENTABR | CHORSHANBA
📍 Deputat S. Allayorov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan mahalladagi S. Raximov ko‘chasi, 34-uyda yashovchi, Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan fuqaro A.R. xonadonining ta’mirtalab holati o‘rganiladi.
👤 Mas’ul: bosh mutaxassis P. Raxmonov.

🔹 10-SENTABR | PAYSHANBA
📍 “Ko‘chama-ko‘cha aylanish” loyihasi doirasida deputat S. Allayorov tomonidan fuqaroga mavjud muammoni ijobiy hal etish yuzasidan aniq yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar beriladi.
👤 Mas’ul: bosh mutaxassis A. Komilov.

🔹 11-SENTABR | JUMA
📍 Deputat M. Yarashov mahalla raisi I. Ro‘ziboyev bilan birgalikda Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan oilalar holatini tahlil qiladi.
👤 Mas’ul: bosh mutaxassis P. Raxmonov.

🔹 12-SENTABR | SHANBA
📍 Kengash huzuridagi Ekspert guruhi mas’ul kotibi P. Raxmonov tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlarini bog‘chalar hamda maktablardagi qo‘shimcha to‘garaklarga jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinadi.
👤 Mas’ul: bosh mutaxassis A. Komilov.

🎯 Asosiy maqsad — deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimiga erishish!