35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Past Darg’om haqiqati” gazetasining 25-sonida xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi deputati F.Xolmuratovaning "Samarqandda Markaziy Osiyo-Xitoy hamkorligi" nomli maqolasi chop etildi. (09.09.2026-y.) o‘qing:
янв.21
TASHQI REKLAMA VA IJTIMOIY AXBOROT — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA AMALIY MAS’ULIYAT
янв.21
KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahati guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
8 OYLIK FAOLIYAT SARHISOBI: KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR HIMOYASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MUHIM MASALALAR — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Bolalar taqdiri — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda Taxiatosh tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdi.

📌 Tashrif davomida markazning Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi mudiri A.Xudaybergenov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda qarovsiz qolgan bolalarga vasiylik va homiylik tayinlash masalalari muhokama qilindi.

⚖️ O‘rganish jarayonida vasiylik va homiylik tayinlash bilan bog‘liq qarorlarning amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida qabul qilinishi, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud amaliyot yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

🌱 Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning munosib sharoitda tarbiyalanishini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.