Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Belgilangan vazifalar va loyihalar doirasida deputat ishtiroki
янв.21
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Маҳалла еттилиги бўйича маҳаллалардаги муоммолар ўрганилди
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.21
Tuman deputati o'zi saylangan okrugda bo'ldi
янв.21
Tuman kengashi deputati “Jaxolatga qarshi marifat” tadbirida qatnashdi.
янв.21
Joriy yilning 5-fevral kuni xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT_TAShABBUSI
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TADBIRKORLAR DEPUTATLAR NIGOHIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari S.Abdikarimova Gurlan tumanida tashkil qilingan “Gurlan Global teks” masʼuliyati cheklangan jamiyatining faoliyati bilan tanishdi. 

Klasterlarga yaratilgan keng imkoniyatlar va berilgan imtiyozlardan oqilona foydalanish maqsadida “Gurlan Global teks” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2021-yil 30-martda tashkil qilingan. 

Klasterga ajratilgan yer maydonlaridan ilmiy yondashgan holda hosildorlikni oshirish maqsadida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali situatsion markaz tashkil qilingan. 

Shuningdek, energotejamkorlikni taʼminlash maqsadida quvvati 50 kVT boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan va bu boradagi ishlarini yana davom qildiryapti.  

Oʻtgan yilda 360 ta yangidan ish oʻrinlari yaratiladigan loyhalarini amalga oshirish boʻyicha ishlarni yakunlangan.  

Bundan tashqari, zamonaviy tipdagi eng soʻngi rusumdagi avtomatlashgan ip kalava ishlab chiqarish hamda tayyor trikotaj mato ustiga rotatsiya usulida gul bosish sexlarini tashkil qilishgan.  

Klaster tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishni yanada mustahkamlash maqsadida bir qator mashhur xalqaro brendlar bilan hamkorlikni boshlagan.  

Uchrashuvda Senator tadbirkorliklarimizning yurtimiz rivoji va xalq farovonligi yoʻlidagi ishlarini eʼtirof etib, faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi.  

Slide 1 of 4