Bugun Chinoz tumani Xalq deputatlari Kengashining 16-"Chorvador" okrugidan saylangan deputat Sadirov Abdumajid Abdulkasimovich, "Chorvador" mahalla fuqarolar yigʻinida "mahalla yettiligi" bilan aholi murojaatlarini oʻrganish va hal qilish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari esa hal qilish uchun mutasaddi tashkilot rahbarlariga yoʻnaltirildi. Baʼzi murojaatlar boʻyicha fuqarolarga tegishli maslahatlar berildi. Qabul davomida kam taʼminlangan oilalar oʻrganilib, ularning xolidan xabar olindi.
Bu kabi sayyor qabullar, mahalla aholisining muammolarini oʻrganish va ijobiy hal qilish uchun muhim boʻlib, deputatlarning fuqarolar bilan oʻzaro hamkorliklarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.