35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DЕPUTATLIK NAZORATI: QARORLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DЕPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA TASHKILOTLAR O‘RTASIDAGI HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
GULISTON KO‘CHASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: 22-SONLI DMTT HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: TADBIRKORLIK VA BANDLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA TASHKILOT HAMKORLIGI: TO‘GARAKLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SЕSSIYAOLDI O‘RGANISH: RЕGISTON KO‘CHASI ASFALTLASHTIRILISHI MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: Aholi uchun zarur mahsulotlar narxi o‘rganildi
янв.21
QUSHCHINOR MAHALLASIDA “100 MAHALLA — YAGONA MUAMMOLAR XARITASI, YAGONA RIVOJLANISH YO‘LI” LOYIHASI DOIRASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati


Jumladan, “17-Yorqinhayot” okrugi deputati B. Erkaboyev tomonidan okrug hududidagi 566-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (DMTT) yangi o‘quv yilining boshlanishi va muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalari, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatli tashkil etilganligi hamda zamonaviy jihozlanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlari va mavsumiy barqarorlikni ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar nazoratga olindi.

Deputat ta’lim muassasasi rahbariyati va xodimlari bilan muloqot qilib, ularni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi. Aniqlangan ba’zi masalalarni joyida hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Ushbu qilingan sa’y-harakatlar yurtimizda bolajonlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirishga va ijtimoiy soha obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan. 

Slide 1 of 10