35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
16-BAND IJROSI: AVTOBUS BEKATLARIDAGI SHAROITLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
QONUNIYLIK VA HUQUQIY HAMKORLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
8-BAND IJROSI: MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
9-BAND IJROSI: BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLALARDA JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
HAMKORLIK VA DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA UCHUN
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish: tashqi reklama talablariga rioya etilishi ko‘rib chiqildi
янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISH: 65-MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
MAHALLALARDA JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIK — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIK — DOIMIY E’TIBORDA
24-TAVSIYA: HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 17-Yangi hayot saylov okrugi deputati Sadatov Mustafo Mengliyevich tomonidan hududda hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish, ishsiz va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar, fuqarolarning murojaatlari hamda ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva ham ishtirok etdi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1