Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibidagi 24-band — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
🔎 Shu doirada Kengash deputati F. Turayev tomonidan M. Ulug‘bek mahallasidagi tashqi reklama obyektlarining holati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida:
▪️ tashqi reklama obyektlarining joylashtirilishi;
▪️ reklama konstruksiyalarining belgilangan talablarga muvofiqligi;
▪️ reklama obyektlarining tashqi ko‘rinishi va hudud obodonchiligiga ta’siri;
▪️ mavjud kamchiliklar holati ko‘zdan kechirildi.
📊 O‘rganish natijalari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tashqi reklama obyektlarini belgilangan talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.