Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Маҳалла еттилиги бўйича маҳаллалардаги муоммолар ўрганилди
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.21
Tuman deputati o'zi saylangan okrugda bo'ldi
янв.21
Tuman kengashi deputati “Jaxolatga qarshi marifat” tadbirida qatnashdi.
янв.21
Joriy yilning 5-fevral kuni xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTAT_TAShABBUSI
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining Odob-axloq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PASTDARGOM TUMAN KENGAShI DEPUTATLARINING “MAHALLA YETTILIGI” BILAN HAMKORLIGI
Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisining tegishli farmoyishi asosida ishchi guruhi oʻz ishini boshladi.

         Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi raisi J.Ashurov rahbarligida viloyatda sogʻliqni saqlash hamda taʼlim tizimini isloh qilish, xususan maktabgacha va maktab taʼlimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish, tibbiyot muassasalari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish borasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini yuzasidan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

         Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi J.Ashurovning farmoyishi bilan tasdiqlangan ishchi guruhlari aʼzolari hamda viloyatdagi tashkilot mutasaddilari ishtirok etishdi.

         Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilishda viloyatdagi tibbiyot hamda taʼlim tizimlaridagi tashkilotlari oʻz imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishilari uchun ishchi guruhi aʼzolari va mutasaddilarga bir qator vazifalar topshirildi.

          Kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Rahmonov hamda Kengash deputatlari Z.Tuyeva I.Ismatov, A.Xuseynova, M.Pardayeva H.Roʻziyevlar tomonidan sogʻliqni saqlash tizimida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda maktabgacha va maktab taʼlimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarishda muammolarni hal etilish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 7