Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, ko‘rib chiqildi:
— Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilariga axborot berish jarayonlaridagi uchrashuvlarni rasmiylashtirish hamda aniqlangan muammolarni tizimli hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
Bo‘stonliq tumani prokuraturasining tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risida;
— Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar boshqarmasining tumanda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;
— Bo‘stonliq tumanida hokimlik va davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalarini huquqiy ta’minlash, yuridik xizmatlarni muvofiqlashtirish, huquqiy axborotni tarqatish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida;
— Bo‘stonliq tumanida 2024-yilda “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetining 2024-yil 4-chorak ijrosi hamda xarajatlar yoyilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlar va boshqa masalalar to‘g‘risida bo‘ldi.
Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.