35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
17-BAND IJROSI: YANGIOBOD MAHALLASIDAGI MUAMMO O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: MAHALLADAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
GO‘SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM: 12-MAKTABDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
GO‘SHT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA MUHIM QAROR QABUL QILINDI
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 1-“Xalqobod” saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva Orol MFY hududida aholi bilan yaqindan muloqot qilish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida uyma-uy yurib, xonadonlarda bo‘ldi.

O‘rganish davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, bildirilgan masalalar atroflicha o‘rganildi hamda tegishli murojaatlar daftariga qayd etib olindi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratilib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mavjud masalalarni hal etish borasidagi faoliyat ham o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining holatiga ham e’tibor qaratildi. Ularning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, mavjud ehtiyojlari va muammolari o‘rganilib, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Bu boradagi ishlar “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalar bilan hamohangdir. Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 6-oktabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 12-oktabrda ma’qullangan.

Deputat tomonidan aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolar murojaatlari ijrosini nazoratga olish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Bunday uyma-uy o‘rganishlar deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqot qilish, ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va joylardagi muammolarga manzilli yechim topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3