35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOQILG‘I-ENERGETIKA RESURSLARI SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
NURONIYLAR — E’TIBOR VA E’ZOZDA
янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISH: MAKTABLAR HOLATI NAZORATDA
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK: DEPUTATLIK O‘RGANISHI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
🅱️ugun Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi Reglament va odob-axloq masalalari bo'yicha doimiy komissiya hamda uning a'zolarining deputatlik faoliyati bilan tanishing!
янв.21
HAFTALIK ISH REJA IJROSI: 17–21-AVGUST
янв.21
Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
ARIQ SUVI MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Kengash ish rejasi ijrosi va fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Kengash ish rejasi ijrosi va fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "15-Telpakchinor" saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan "Terakzor" mahallasi Jarabod qishlog‘i Tinchlik ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududda aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ularni deputatlik nazoratiga olishdan iborat bo‘ldi.
O‘rganish jarayonida aholining tabiiy gaz ta’minoti va suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanishi, gaz yetkazib berishdagi mavjud muammolar, shuningdek, bozorlardagi narx-navolarning holati yuzasidan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Suhbat davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, gaz ta’minoti, suyultirilgan gaz yetkazib berish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid savol va murojaatlar bildirildi. Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga amaldagi qonunchilik asosida tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish orqali hududdagi dolzarb masalalarni aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bunday o‘rganishlar Kengashning ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda deputatlik nazoratining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 2