📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ibrohim Rasulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “2026-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorining “Uyssozlar” mahallasidagi ijrosi o‘rganildi.
❗️O‘rganish davomida mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda qarorda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi holatiga e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mavjud muammolarga manzilli yechim topish va mahallada xavfsiz muhitni yanada mustahkamlash yuzasidan mas’ullar bilan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.