DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI UCHUN MABLAG‘ AJRATILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati O‘tkir Shukurov tashabbusi bilan tuman Kengashining tegishli qarori asosida tuman mahalliy budjetining ikkinchi hisobot choragi yakunlari bo‘yicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilgan mablag‘lari hisobidan muhim ijtimoiy soha obyektiga mablag‘ ajratilmoqda.
Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini joriy ta’mirlash hamda yangi hojatxona qurish xarajatlari uchun 512 million 310 ming so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
🏫 Mazkur tashabbus ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay hamda zamonaviy muhit yaratishga xizmat qiladi.