35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOQILG‘I-ENERGETIKA RESURSLARI SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
NURONIYLAR — E’TIBOR VA E’ZOZDA
янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISH: MAKTABLAR HOLATI NAZORATDA
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK: DEPUTATLIK O‘RGANISHI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
🅱️ugun Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi Reglament va odob-axloq masalalari bo'yicha doimiy komissiya hamda uning a'zolarining deputatlik faoliyati bilan tanishing!
янв.21
HAFTALIK ISH REJA IJROSI: 17–21-AVGUST
янв.21
Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
ARIQ SUVI MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
Qalqon mahallasida hudud obodonligi o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Alisher Sharipov Qalqon mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

❗️ Deputat mahalla ko‘chalari bo‘ylab yurib, hududning sanitariya va obodonlashtirish holati, ko‘chalarning tozaligi, yo‘l yoqalari, yashil hududlar hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

🌿 O‘rganish davomida hududda tozalik va tartibni ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ko‘chalar ko‘rinishini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

✅ Shuningdek, mahalla hududida yashovchi fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi va aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1