📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 6-Jo‘rabek saylov okrugi deputati T. Axmedovaga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan “Jo‘rabek” mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
📝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan tibbiyot va sog‘liqni saqlash masalalari, xususan, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, zarur tibbiy xizmatlardan foydalanish hamda ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
❗️Muloqot davomida fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli ma’lumotlar jamlandi.