Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
🇺🇿Yig‘ilishni viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov olib bordi.
▶️ Yig‘ilishda Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududlarda olib borilayotgan ishlar natijadorligini kuchaytirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Xususan:
✅ Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan o‘rganishlar va ularning natijadorligi;
✅ Deputat so‘rovlari hamda murojaatlar ijrosi ustidan nazorat holati;
✅ Kengash sessiyalarini tashkil etish sifati va kun tartibidagi masalalarning dolzarbligi;
✅ Qabul qilingan qarorlar ijrosi va monitoring ishlari;
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar faoliyati, e’lon qilinayotgan materiallarning mazmuni va sifati;
✅Hududlarda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan monitoring natijalari ko‘rib chiqildi.
✔️Yig‘ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.