35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOQILG‘I-ENERGETIKA RESURSLARI SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
NURONIYLAR — E’TIBOR VA E’ZOZDA
янв.21
SESSIYAOLDI O‘RGANISH: MAKTABLAR HOLATI NAZORATDA
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK: DEPUTATLIK O‘RGANISHI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
🅱️ugun Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi Reglament va odob-axloq masalalari bo'yicha doimiy komissiya hamda uning a'zolarining deputatlik faoliyati bilan tanishing!
янв.21
HAFTALIK ISH REJA IJROSI: 17–21-AVGUST
янв.21
Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
ARIQ SUVI MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
#jamoatchilik_nazorati #24_ta_tavsiya

Olmaliq shahar "Oydin" dehqon bozorida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mahsulotlar narx-navosining barqarorligi, ularning sifati va sanitariya-gigiyena holati bo‘yicha navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.
Ushbu o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida:
🔸Aholi eng ko‘p iste’mol qiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, yog‘, un, kartoshka, piyoz va sabzavotlar) narxlarining sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralariga.
🔸Shahar aholisining ehtiyojlarini uzluksiz ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetarli miqdorda g‘amlangani.
🔸Rasta va do‘konlardagi mahsulotlarning saqlanishi, ularning iste’molga yaroqliligi hamda bozordagi umumiy sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga.

Tadbirkor va sotuvchilar bilan kechgan samimiy muloqotda deputat aholiga sifatli mahsulotlarni hamyonbop narxlarda yetkazib berish bo‘yicha mas’uliyatni eslatib o‘tdi. Shuningdek, aniqlangan ayrim kichik kamchiliklar joyida bartaraf etilib, bozor ma’muriyatiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi bunday nazorat tadbirlari muntazam ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 4