35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#okrugda_o'rganish Gaz ta’minoti holati deputatlik nazoratida
янв.21
#kotibiyat 🏗 42-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
#19_1_modda 📄 RASMIY SO‘ROV YUBORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QABUL JARAYONI O‘RGANILADI
янв.21
#DK_qarori 📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MUHIM QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#doimiy_komissiya 📋 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
#kotibiyat 📰 “PASTDARG‘OM HAQIQATI” GAZETASI TAHRIRIYATIDA
янв.21
#162_qonun #hukumat_qarori ⛽️ YOQILG‘I NARXLARI O‘RGANILDI
янв.21
#162_qonun 🛡 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI HIMOYASI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Quduqsoy" mahallasida aholi muammolari xonadonbay o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi farovonligini ta’minlash, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni barvaqt aniqlash hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 19-Quduqsoy saylov okrugidan saylangan deputat G.Xolmatova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Quduqsoy" MFYda bo‘lib, uyma-uy yurgan holda aholi murojaatlarini o‘rgandilar.

Tashrif davomida aholining yashash sharoitlari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda kommunal-infratuzilma holati xonadonbay tahlil qilindi.

Muloqotlar yakunida mahalla raisi ishtirokida barcha murojaatlar deputatning murojaatlar daftariga qayd etilib, ularni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 1