35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#okrugda_o'rganish Gaz ta’minoti holati deputatlik nazoratida
янв.21
#kotibiyat 🏗 42-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
#19_1_modda 📄 RASMIY SO‘ROV YUBORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QABUL JARAYONI O‘RGANILADI
янв.21
#DK_qarori 📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MUHIM QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#doimiy_komissiya 📋 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
#kotibiyat 📰 “PASTDARG‘OM HAQIQATI” GAZETASI TAHRIRIYATIDA
янв.21
#162_qonun #hukumat_qarori ⛽️ YOQILG‘I NARXLARI O‘RGANILDI
янв.21
#162_qonun 🛡 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI HIMOYASI O‘RGANILDI
Ta’lim muassasalarida zamonaviy sharoitlar — deputatlik nazoratida

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari” ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari “Ma’rifat” mahallasida tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari, deputat A.Mustafakulov, kotibiyat mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari R.Mamashukurov ishtirok etdi.

O‘rganish davomida hududdagi 1-sonli umumta’lim maktabi faoliyati ko‘zdan kechirilib, 2026-yilgi Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Maktabda yaratilayotgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish hamda ta’lim jarayoni uchun zarur infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, belgilangan ishlarning sifatli va samarali amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4