35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#kotibiyat 🏗 42-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
#19_1_modda 📄 RASMIY SO‘ROV YUBORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QABUL JARAYONI O‘RGANILADI
янв.21
#DK_qarori 📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MUHIM QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#doimiy_komissiya 📋 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
#kotibiyat 📰 “PASTDARG‘OM HAQIQATI” GAZETASI TAHRIRIYATIDA
янв.21
#162_qonun #hukumat_qarori ⛽️ YOQILG‘I NARXLARI O‘RGANILDI
янв.21
#162_qonun 🛡 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI HIMOYASI O‘RGANILDI
янв.21
#24_ta_masala 🏥 2-BAND IJROSI:AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162ta_qonun
#biriktirilgan_tashkilot

Bandixon tumanida biriktirilgan tashkilot — Davlat kadastr palatasi filiali faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati hamda 162 ta Qonunlar ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tuman Kengashi deputati X.Abdimo‘minovga biriktirilgan tashkilot — Bandixon tumani Davlat kadastr palatasi xizmatida bo‘ldi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi 171-II-sonli Qonuni ijro holati maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

Monitoring jarayonida ko‘chmas mulk va yer uchastkalarini kadastr hisobiga olish, hujjatlarni rasmiylashtirish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati sinchiklab ko‘rib chiqildi. Shuningdek, idoraga kelgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va e’tirozlari tinglandi.

Yakunda soha mas’ullariga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish va qonunchilik targ‘ibotini kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6