35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#kotibiyat 🏗 42-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
#19_1_modda 📄 RASMIY SO‘ROV YUBORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QABUL JARAYONI O‘RGANILADI
янв.21
#DK_qarori 📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MUHIM QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#doimiy_komissiya 📋 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
#kotibiyat 📰 “PASTDARG‘OM HAQIQATI” GAZETASI TAHRIRIYATIDA
янв.21
#162_qonun #hukumat_qarori ⛽️ YOQILG‘I NARXLARI O‘RGANILDI
янв.21
#162_qonun 🛡 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI HIMOYASI O‘RGANILDI
янв.21
#24_ta_masala 🏥 2-BAND IJROSI:AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Furqat tumanida ishlab chiqarish korxonalari, ko‘p qavatli uylar va yangi yirik investitsiya loyihalarini zarur muhandislik infratuzilmasi bilan ta’minlash maqsadida kanalizatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va oqova suv tizimini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi loyihalarning amalga oshirilishi bilan tanishish maqsadida xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati, Kotibiyat mudiri Iftixorjon Jo‘raev Abdumuxtorovich hamda “Yuksalish” umummilliy harakati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Elchieva Nafisaxon Tohirovna ishtirokida ishchi o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida Furqat tumanida mavjud ishlab chiqarish korxonalari, ko‘p qavatli uy-joylar va yirik investorlarni jalb qilish uchun kanalizatsiya tarmog‘ini ta’mirlash, ya’ni oqova suv tizimi bilan ta’minlashga qaratilgan loyiha holati tahlil qilindi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 28 milliard 30 million so‘mni tashkil etadi. Loyiha doirasida belgilangan ishlarni amalga oshirish orqali hududda oqova suvlarni qabul qilish va chiqarish tizimini yaxshilash, muhandislik infratuzilmasini zamonaviy talablarga moslashtirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda loyiha doirasida 581,3 million so‘mlik ishlar bajarilgan bo‘lib, bu umumiy qiymatning 2 foizini tashkil etadi. Shu sababli loyihaning keyingi bosqichlarini tizimli tashkil etish, ishlarni belgilangan grafik asosida jadallashtirish va sifat talablariga qat’iy rioya qilish muhim vazifa sifatida belgilab olindi.

Loyihada buyurtmachi sifatida “OBI HAYOT QURILISH INJINIRING” MChJ, loyiha tashkiloti sifatida “FARG‘ONAUMUMTADBIRQURLOYIHA” MChJ ko‘rsatilgan.

O‘rganish davomida mas’ullarga loyihaning keyingi bosqichlarida ishlarni sifatli tashkil etish, mavjud texnik va tashkiliy masalalarni o‘z vaqtida hal qilish, qurilish jarayonini asossiz kechiktirmaslik hamda yakunlangan ob’ektning kelgusida barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Zero, zamonaviy kanalizatsiya va oqova suv tizimi — nafaqat obodonlik, balki sanitariya, ekologik xavfsizlik, aholi salomatligi va yangi investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy infratuzilma hisoblanadi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi Kengash va jamoatchilik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 1