35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#kotibiyat 🏗 42-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
#19_1_modda 📄 RASMIY SO‘ROV YUBORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QABUL JARAYONI O‘RGANILADI
янв.21
#DK_qarori 📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MUHIM QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#doimiy_komissiya 📋 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
#kotibiyat 📰 “PASTDARG‘OM HAQIQATI” GAZETASI TAHRIRIYATIDA
янв.21
#162_qonun #hukumat_qarori ⛽️ YOQILG‘I NARXLARI O‘RGANILDI
янв.21
#162_qonun 🛡 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI HIMOYASI O‘RGANILDI
янв.21
#24_ta_masala 🏥 2-BAND IJROSI:AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
XALQOBOD MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI TANQIDIY-TAHLILIY O‘RGANILDI.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.
Shuningdek, saylovchilar bilan muloqotlar davomida bildirilgan taklif va murojaatlar, hududda yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda aholini qiynayotgan muammolar o‘rganib chiqildi.
Aniqlangan muammolar belgilangan tartibda saylov okrugidagi muammolarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etildi hamda ularni mas’ul tashkilotlar va mutasaddilar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.
Mazkur o‘rganish mahalla yettiligi faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan hududlarda aholi bilan ochiq muloqotlarni davom ettirish, aniqlangan muammolarning ijrosini nazoratga olish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4