35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#okrugda_o'rganish Gaz ta’minoti holati deputatlik nazoratida
янв.21
#kotibiyat 🏗 42-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
#19_1_modda 📄 RASMIY SO‘ROV YUBORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QABUL JARAYONI O‘RGANILADI
янв.21
#DK_qarori 📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MUHIM QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#doimiy_komissiya 📋 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
#kotibiyat 📰 “PASTDARG‘OM HAQIQATI” GAZETASI TAHRIRIYATIDA
янв.21
#162_qonun #hukumat_qarori ⛽️ YOQILG‘I NARXLARI O‘RGANILDI
янв.21
#162_qonun 🛡 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI HIMOYASI O‘RGANILDI
Xitoylik investorlar Qumqo‘rg‘onda yangi ekoturizm loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Mazkur memorandum doirasida bir guruh Xitoy davlatidan tashrif buyurgan xorijiy investorlar tumanimizning “Elobod” mahallasida joylashgan, “ Surxon suv ombori” hududida bunyod etilayotgan ekoturizm kompleksida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida hududga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida investorlar hududdagi mavjud infratuzilma hamda imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mazkur hududda zamonaviy ekoturizm kompleksini tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy faollikni oshirish borasida dastlabki fikr almashildi.
Mas’ullar tomonidan investorlarga hududning mavjud qulayliklar hamda investorlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Kelgusida Xitoylik investorlar bilan hamkorlikni izchil davom ettirish, istiqbolli investitsion loyihalarni shakllantirish hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4