35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#okrugda_o'rganish Gaz ta’minoti holati deputatlik nazoratida
янв.21
#kotibiyat 🏗 42-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
#19_1_modda 📄 RASMIY SO‘ROV YUBORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
#19_1_modda 📋 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QABUL JARAYONI O‘RGANILADI
янв.21
#DK_qarori 📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MUHIM QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#doimiy_komissiya 📋 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
#kotibiyat 📰 “PASTDARG‘OM HAQIQATI” GAZETASI TAHRIRIYATIDA
янв.21
#162_qonun #hukumat_qarori ⛽️ YOQILG‘I NARXLARI O‘RGANILDI
янв.21
#162_qonun 🛡 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI HIMOYASI O‘RGANILDI
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

 Tadbirda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, mustaqillik yillarida erishilgan ulkan yutuqlar hamda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, bugungi kunda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini oshirish, hududlarni obod etish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, ajdodlar merosiga ehtirom, fuqarolik mas’uliyati hamda shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi. 

Tadbir davomida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, milliy qadriyat va an’analarimizni tarannum etuvchi badiiy hamda ijodiy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. “Shukronalik” tadbiri xalqimizning tinch va farovon hayotini qadrlash, mustaqillik ne’matining qadriga yetish, yurt ravnaqi va kelajagi uchun daxldorlik hissini yanada oshirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 2