35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shombuloq mahallasida QVP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hovuzak mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya ishchi guruhi o‘z ishini davom ettirmoqda.....
янв.21
Deputat B.Sadikova tomonidan xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining qarorlari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan hasharlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor mahallasidagi ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda narx-navoning barqarorligi va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: suv ta’minoti masalalari tahlil qilindi
янв.21
Deputat tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Shombuloq mahallasida “Yagona muammolar xaritasi” loyihasi doirasida o‘rganish
Xonadon tomorqasidagi imkoniyatlar o‘rganildi

 Xonadon tomorqasidagi imkoniyatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Shodmonov hamda mahalla faollari tomonidan Bog‘ishamol MFY, M.Qoshg‘oriy ko‘chasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Ahmedov Jamshid xonadoniga tashrif buyurilib, tomorqa yeridan foydalanish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xonadon tomorqasida yaratilgan sharoitlar, yer maydonidan foydalanish samaradorligi hamda qo‘shimcha daromad olish uchun mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Tomorqadan unumli foydalanish orqali turli mahsulotlarni yetishtirish, xonadon ehtiyojini ta’minlash bilan birga, ortiqcha mahsulotlarni realizatsiya qilish hisobiga oilaviy daromadni ko‘paytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan tomorqa yerlarini qarovsiz qoldirmaslik, har bir qarich yerdan samarali foydalanish va mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3