35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
🏗“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLADA INFRASTRUKTURA YAXSHILANDI

 📊 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev va Kengash deputati S.Masharipovlar tomonidan "Mustaqillik"
mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. Qarorga muvofiq, shahardagi “og‘ir” toifadagi mahallalardan biri bo‘lgan Mustaqillik mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy
holatini yaxshilash, infratuzilmasini rivojlantirish va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.

🛣 O‘rganish davomida “Amir Temur” ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari, loyiha ijrosi, yo‘lning texnik holati hamda qurilish jarayonining sifati atroflicha baholandi. Mas’ullar tomonidan ishlarni belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiq yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Ta’kidlanganidek, mahallalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratish hamda fuqarolarning turmush sifatini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatda “Mustaqillikning 35 yilligi”ga munosib tuhfa bo‘ldi.

Slide 1 of 1