35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
“Yangi O‘zbekiston” massivi: bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda

#deputat_okrugida #nazorat_tahlil
#deputat_foliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Yangi O‘zbekiston” massivi: bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 15-Zarbdor saylov okrugidan deputat A. Xolmo‘minov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan deputatning saylov okrugiga kiruvchi Kunchiqish mahallasidagi Mustaqillik ko‘chasida “Yangi O‘zbekiston massivi” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chada olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, aholi va piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida maxsus piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab zamonaviy yoritish chiroqlari o‘rnatilib, hududning tungi yoritilishi va xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni paytda qurilish-ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar natijasida ko‘chaning qiyofasi yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga kelib, fuqarolar uchun xavfsiz, qulay va munosib sharoitlar yaratilmoqda.

Hudud aholisi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun, ayniqsa, piyodalar yo‘lakchasi va yoritish chiroqlarining o‘rnatilishi kundalik hayot uchun katta qulaylik yaratishini ta’kidladilar.

Bunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi farovonligini oshirish hamda “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi asosida zamonaviy va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Deputatlik nazorati — xalq manfaatlari yo‘lida!

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3