35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
“Yetimqum” mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#mahalla_yettilig_bilan_hamkorlik

“Yetimqum” mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B.Ochildiyevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatning saylov okrugi hududidagi “Yetimqum” mahallasida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida mahalla raisi bilan hududdagi mavjud muammolar yuzasidan suhbatlashilib, aholini qiynayotgan masalalar va ularni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla ijtimoiy xodimi hamda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishildi. Ma’lum qilinishicha, mahallada jami 57 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, mazkur oilalarga belgilangan tartibda ijtimoiy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Bundan tashqari, mahallada jami 14 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilgani, ayni vaqtda 33 nafar ishsiz fuqaro mavjudligi qayd etildi. Ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ularning ijrosini nazoratga olish rejalashtirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4