35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
“Davlat xizmatlari markazida qonun ijrosi o‘rganildi”

#162_ta_Qonun
#biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Haftalik_ish_reja_19¹_modda-ijrosi
#nazorat_tahlil

“Davlat xizmatlari markazida qonun ijrosi o‘rganildi”

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 6-Xomkon saylov okrugidan saylangan deputat, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi U.Yangiboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatga biriktirilgan tashkilot — Qiziriq tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tashkilot faoliyatida mavjud masalalarni o‘rganish, fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari hamda xizmatlar sifati va ochiqligini ta’minlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-848-son, 2023-yil 16-iyun ijrosi yuzasidan maxsus tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq belgilangan talablarning ijrosi, fuqarolarga mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish holati hamda qonunda belgilangan vazifalarning amaliyotdagi bajarilishiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, qonun ijrosi va Davlat xizmatlari markazi faoliyati ijobiy baholandi. Mavjud ishlarni yanada takomillashtirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2