35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
“Yangikent” mahallasida obodonlashtirish va tadbirkorlik obyektlarini tashkil etish ishlari o‘rganildi

#deputat_faoliyati
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#mahalla_yettiligi
#nazorat_tahlil

“Yangikent” mahallasida obodonlashtirish va tadbirkorlik obyektlarini tashkil etish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A.Ergashevning hududidagi “Yangikent” mahallasida viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida "Yangi kent" mahallasi hududidan o‘tgan R-100 avtomobil yo‘li bo‘yidagi kollektorni yopiqqa aylantirish orqali hosil bo‘lgan yer maydonida savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish loyihasi asosida pudratchi tashkilot “FAXRIDDIN” MCHJ tomonidan 250 dona beton galereya olib kelingan va 200 dona galereyalar joyiga o‘rnatilganligi ko‘rildi.

Shuningdek, mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyati, aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududda olib borilayotgan ishlar ijobiy baholanib, belgilangan vazifalarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4