35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
“Yangi turmush” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

#saylovchilar_bilan_uchrashuv
#deputat_okrugida
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorilk
#fuqorolar_qabuli

“Yangi turmush” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Alimov tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi “Yangi turmush” mahallasida mahalla yettiligi mas’ullari bilan hamkorlikda fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, “Ayollar daftari”, yoshlarni ish bilan ta’minlash, moddiy yordam va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan 10 dan ortiq murojaat tinglandi.

Jumladan, oziq-ovqat maxsulotlarini harid qilish va yana bir fuqoro tomonidan farzandiga maktab formasi hamda sumka olib berish yuzasidan bildirilgan murojaatlari mahalla ijtimoiy xodimi ishtirokida joyida hal etildi.

Bildirilgan murojaatlarni hal etish yuzasidan masalalar tegishliligi bo‘yicha o‘rganilib, deputatlik vakolati doirasida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ularning ijrosini nazoratga olish belgilab olindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi mas’ullariga fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni imkon qadar joyida hal etish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4