35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Shahar Kengashi sessiyasida kun tartibidagi birinchi masala — Shirin shahar mahalliy budjetining 2026-yil II chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari T. Ummatkulovning hisoboti tinglandi.

🔹 Daromadlar ijrosi
2026-yil 6 oyi uchun mahalliy budjet daromadlari prognozi 24 257,0 mln so‘m etib belgilangan bo‘lib, amalda 25 835,2 mln so‘m mablag‘ tushirildi. Natijada prognoz 106,5 foizga bajarilib, budjetga qo‘shimcha 1 578,2 mln so‘m mablag‘ jalb etildi.

🌀II chorak uchun esa daromadlar prognozi 13 404,8 mln so‘mni tashkil etgan. Amalda 12 489,7 mln so‘m mablag‘ tushirilib, prognoz 93,2 foizga bajarilgan. Natijada 915,1 mln so‘m daromad tushumi ta’minlanmagan.
Mazkur holatning asosiy sabablaridan biri sifatida mahalliy budjet daromadlarining muhim manbalaridan bo‘lgan “Metallurgiya Servis Markazi” MCHJning boshqa hududga ko‘chib ketgani sababli II chorakda kutilgan daromadlarning tushmaganligi qayd etildi.

📌Hisobot davrida budjet daromadlarining asosiy qismini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, foyda solig‘i, mol-mulk va yer soliqlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, davlat boji, yig‘imlar, jarimalar hamda boshqa soliq va soliqsiz tushumlar tashkil etdi.

🔹 Xarajatlar ijrosi
2026-yil 6 oylik xarajatlar rejasi 34 964,0 mln so‘m etib belgilangan bo‘lib, amalda 32 444,0 mln so‘m, ya’ni 92,8 foiz mablag‘ o‘zlashtirildi.

Xarajatlarning muhim qismi ijtimoiy sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. Ushbu yo‘nalish uchun 11 403,6 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 10 697,1 mln so‘m yoki 93,8 foiz mablag‘ sarflandi.

💡 Jumladan, umumiy ta’lim, maktabgacha ta’lim, madaniyat va sport sohalarini moliyalashtirishga tegishli mablag‘lar yo‘naltirildi.

📌 Sessiyada budjet daromadlarini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda xarajatlarning manzilli va samarali ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.