35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
Yoshlarga oid davlat siyosati va sport sohasidagi qonunlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Yoshlarga oid davlat siyosati va sport sohasidagi qonunlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dildora Adilova hamda Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi Komil Berdiqulov ishtirokida tuman Sport maktabida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

📌 Tashrif davomida "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–406, 2016-yil 14-sentabr) hamda "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–1123, 2026-yil 24-mart) ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🔹 Shuningdek, sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport to‘garaklari faoliyati, sport inshootlaridan samarali foydalanish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish hamda qonunlarda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan mas'ul xodimlarning axborotlari tinglandi.

🔹 O‘rganish yakunida mavjud holatlarni yanada takomillashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.              

Slide 1 of 5