35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shombuloq mahallasida QVP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hovuzak mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya ishchi guruhi o‘z ishini davom ettirmoqda.....
янв.21
Deputat B.Sadikova tomonidan xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining qarorlari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan hasharlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor mahallasidagi ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda narx-navoning barqarorligi va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Deputat tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: suv ta’minoti masalalari tahlil qilindi
янв.21
Shombuloq mahallasida “Yagona muammolar xaritasi” loyihasi doirasida o‘rganish
#Chinoz_tumani AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI



📍 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Baxromov Asqar Axrorovich tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq Istiqlol MFY hududida joylashgan Alisher Navoiy oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida fuqarolarni qabul qilish va ro‘yxatga olish, shifokorlar qabuli, tor mutaxassislarga yo‘llanmalar berish, profilaktik ko‘riklarni tashkil etish, dori vositalari bilan ta’minlanganlik, tibbiy jihozlardan foydalanish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlariga e’tibor qaratildi.

👥 Alisher Navoiy oilaviy shifokorlik punkti 6 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Muassasada 2 nafar oliy toifali shifokor, 10 nafar hamshira, 4 nafar mahallalarga biriktirilgan potranajlar faoliyat yuritmoqda.

🩺 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish, tibbiy etika va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.

💬 O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqarolar bilan ham suhbatlashilib, ular uchun yaratilgan sharoitlar, shifokorlar qabuli sifati, kutish vaqti hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, birlamchi tibbiy yordam samaradorligini kuchaytirish, fuqarolarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✨ Aholi salomatligini muhofaza qilish va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4