35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
Ziyokor MFYda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi
 Ziyokor MFYda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Mamajanov Ibaydullo tomonidan saylov okrugida belgilangan ish rejasiga muvofiq, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta tavsiyaviy yo‘nalish: Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati yuzasidan “Ziyokor” MFY hududidagi 18-sonli Oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi.

🔎 Jumladan, mahalladagi ijtimoiy xodim M. Saidbekova bilan hamkorlikda Ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarning tibbiy davolanishga muhtoj bo‘lgan qatlamiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, ularni zarur tibbiy ko‘rik va davolash bilan qamrab olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👨‍⚕️ Poliklinikaning tor doiradagi mutaxassislari va shifokorlari bilan Ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarni tibbiy ko‘rikka qamrab olish, ularning salomatlik holatini aniqlash hamda zarur tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi.

📌 Shuningdek, tibbiy ko‘rikka muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularni tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish va sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar bildirildi.

🤝 Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlarning sifati va ommabopligini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 5