#tavsiyalar
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati
O‘zbekiston Respublikasining Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risidagi hamda «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati F. Quvvatov tomonidan o‘z saylov okrugida Zirabod MFYda aholi bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
Muloqot davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, xususan, Zirabod MFY Amirobod ko‘chasidagi 20-xonadondan 70-xadongacha bo‘lgan hududda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasida murojaat kelib tushgani o‘rganildi.
Mazkur murojaatni ijobiy hal etish maqsadida deputat F. Quvvatov tomonidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi. Murojaatning qonuniy tartibda ko‘rib chiqilishi hamda muammoning amaliy yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi deputatlik nazoratiga olindi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash