35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda
янв.21
17-BAND IJROSI: Yangiobod mahallasida chiqindilarni olib ketish holati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda
янв.21
12-BAND IJROSI:Liftlar faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
8-BAND IJROSI:Sinchi mahallasidagi yo‘l muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
“Deputat daftari”ga navbatdagi masala qayd etildi.
янв.21
Aholi murojaatlari va xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
24-BAND IJROSI:99-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi Sessiya oldidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasida hamkorlik
янв.21
KOTIBIYAT VA DEPUTATLAR HAMKORLIGI
#Tashabbusli budjet #nazorat

Olmaliq shahar Abdulla Qahhor mahallasi hududida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabida muhim ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Xabaringiz bor, ushbu ta’lim maskani fuqarolarimizning faolligi va hamjihatligi evaziga "Tashabbusli budjet" (Open Budget) loyihasida g‘olib bo‘lgan edi.
🔹 Loyiha doirasida qanday ishlar bajarilmoqda?
Maktab atrofini xavfsiz va zamonaviy devor bilan o‘rash;
Maktabning ichki hojatxonalarini to‘liq ta’mirlash va sanitariya-gigiyena talablariga moslashtirish.

🔍Bugun hudud deputati Alisher Samadov maktab direktori bilan birgalikda qurilish-ta’mirlash jarayonlarini yaqindan o‘rgandi va bajarilayotgan ishlarni birma-bir ko‘zdan kechirdi.
"Mahallamiz va maktabimiz obodligi — bu faqat budjet mablag‘larini sarflash emas, balki farzandlarimiz xavfsizligi va qulay ta’lim olishi uchun mas’uliyatdir. Har bir so‘m xalq puli o‘z o‘rnida va sifatli ishlatilishi shart!" — Alisher Samadov.

💡Jarayon davomida aniqlangan ba'zi kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Qurilish ishlarini yuqori sifatda va belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlash deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 8