35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
"SOHIL BO‘YI SOG‘LOMLASHTIRISH VA TURIZM" MASKANIDA ISHLAR QIZG‘IN

Xabaringiz bor, tumanda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish maqsadida, Darg‘om kanalining 4 kilometr qismida keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash loyihasi amalga oshirilmoqda.

✅Ushbu "Sohil bo‘yi sog‘lomlashtirish va turizm" maskani loyihasi doirasida hududdagi 7,1 gektar yer maydoni byudjet mablag‘lari hisobidan zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlanyapti.

🆙Mazkur hududdagi yer maydonlari shaffof tarzda 20 ta lotga bo‘linib, shundan 5,66 gektar yoki 13 ta lotdan iborat yer uchastkalari auksion savdolari orqali sotildi.

🏠Hozirda sotilgan yer maydonlarida 5 ta tashabbuskor tomonidan qiymati 55,0 milliard so‘mlik13 ta loyiha amalga oshirilayotgan bo‘lib, ular to‘liq ishga tushirilishi natijasida hududda 180 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi va aholiga zamonaviy xizmat ko‘rsatish turlari kengayadi.

👨‍💼​Tuman hokimi J.Pardayev tegishli o‘rinbosarlar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla masʼullari, oqsoqollar, tadbirkorlar hamda tuman bosh imom-xatibi ishtirokida mazkur hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan loyihalar holati bilan yaqindan tanishdi. ​Xayrli ishga kirishish oldidan qurbonlik keltirilib, jonliq so‘yildi va Qurʼon tilovat qilindi.​

Slide 1 of 6