35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
“Eskishahar” mahallasida deputatlik nazorati: faoliyat samaradorligi tahlil qilindi

Mahalla vakillarining faoliyati tahlil qilingach, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

O‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi. Dastlab mahalladagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni talablari asosida tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla vakillarining aholi bilan ishlashi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi, ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal etish, bandlikni ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

O‘z navbatida, deputat murojaat daftariga qayd etilgan fuqarolar murojaatlari ham tahlil qilinib, ularning mazmuni, ijrosi va murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida hududdagi “Ayritom” ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish masalasi ham muhokama qilindi. Mazkur masalaning aholi uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratishdagi ahamiyati qayd etilib, uni tegishli tartibda o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Bunday nazorat-tahlil tadbirlari orqali mahalla faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish hamda hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2