35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
MAHALLADAGI MUAMMO DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doirasida 8-Maorif saylov okrugi deputati Abidov Behzod Muxamatovich hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Akbarova tomonidan Maorif mahallasida hovuz bilan bog‘liq muammo yuzasidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi.

Murojaatda ko‘tarilgan masala joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilib, mavjud holat o‘rganildi. Shuningdek, fuqaroning murojaati deputatning ko‘cha aylanish daftariga belgilangan tartibda qayd etildi.

Bunday o‘rganishlar deputatlarning aholi bilan bevosita muloqotini ta’minlash, mahallalarda mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlik nazoratining samaradorligi, avvalo, hududdagi masalalarni faqat murojaat doirasida emas, balki joyiga chiqib, fuqarolar bilan bevosita suhbatlashgan holda o‘rganish va aniqlangan muammolarning keyingi holatini nazorat qilib borish bilan belgilanadi.

Mazkur murojaat bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda keyingi jarayonlarni deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish nazarda tutilgan.

Aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4