35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shombuloq mahallasida QVP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hovuzak mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya ishchi guruhi o‘z ishini davom ettirmoqda.....
янв.21
Deputat B.Sadikova tomonidan xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining qarorlari ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan hasharlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor mahallasidagi ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda narx-navoning barqarorligi va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Deputat tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: suv ta’minoti masalalari tahlil qilindi
янв.21
Shombuloq mahallasida “Yagona muammolar xaritasi” loyihasi doirasida o‘rganish
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILIB, AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR KO‘ZADAN KECHIRILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan deputatlik vakolatlari doirasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
maqsadida Parkent tuman Davlat xizmatlari markazida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida markazda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni, xizmatlar sifati va aholiga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, joriy etilayotgan zamonaviy tizimlar va fuqarolar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar olindi.Qayd etilganidek, markazda 5 nafar xodim tomonidan aholiga raqamlashtirilgan tizim asosida davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish esa “15 daqiqada” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu tizim fuqarolar va tadbirkorlarning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish hamda xizmatlardan foydalanish jarayonini soddalashtirishga xizmat qilmoqda.Shuningdek, 2026-yildan boshlab haydovchilik guvohnomasini olish hamda intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ham yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.O‘rganish jarayonida markazda fuqarolar uchun tashkil etilgan zamonaviy kutish zallari, ona va bolalar uchun mo‘ljallangan alohida xonalar ham ko‘zdan kechirildi.Deputat tomonidan davlat xizmatlarini aholiga yanada qulay, tezkor va sifatli ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Jumladan, olis va chekka hududlarda sayyor davlat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, yoshlar o‘rtasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmatlardan foydalanishni keng targ‘ib qilish,bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda aholining davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish ko‘nikmalarini oshirish muhimligi qayd etildi.
  

Slide 1 of 4