35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi
янв.21
2-BAND IJROSI: Qarshiobod mahallasidagi 35-OSHP faoliyati o‘rganildi
янв.21
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA TIKUVCHILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
47-MAKTABDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi maktablarda qurilish ishlari nazorat qilinmoqda
янв.21
XALQ BIRDAMLIGI BILAN MANZILLAR OBOD
янв.21
“Deputat daftari” — muammolarni aniqlash va hal etishning amaliy vositasi
янв.21
Ravot mahallasida joylashgan 49-maktabda Pastdarg‘om tumani aholisi uchun o'tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.
янв.21
QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLAR NAZORATDA
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
“Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “9-Gazarak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Odiljon Yaqubov tomonidan tumanning “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, qurilish va bunyodkorlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘chalarni namunali hududga aylantirish, xonadonlarning tashqi fasad qismini tartibga keltirish va bo‘yash, savdo hamda xizmat ko‘rsatish obyektlarining tashqi ko‘rinishini zamonaviy talablar asosida shakllantirish, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari va jamoat joylarini obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va topshiriqlar ijrosi tanqidiy tahlil qilinib, mas’ullarga qurilish hamda obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddat va sifat talablari asosida yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish hamda Tortuli mahallasini “Yangi O‘zbekiston” qiyofasiga mos namunali hududga aylantirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Slide 1 of 3